OFK Millatlar ligasi tashkil etilmoqda

Alisher Ostonov
21 dek 2025
Osiyoda ham Yevropada bo'lgani kabi Millatlar ligasi tashkil etilmoqda.

"Osiyo futbol konfederatsiyasi milliy terma jamoalar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida “AFC Nations League” (OFK Millatlar Ligasi) musobaqasini joriy etish rejasini ma'lum qildi. Yangi turnir Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro uchrashuvlar tizimini yanada tartibli va barqaror qilishga qaratilgan.

Mazkur musobaqa FIFA kunlarida terma jamoalar uchun muntazam va mazmunli o'yinlar tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu orqali raqib topishdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va yuqori xarajatlar sezilarli darajada kamaytirilishi ko'zda tutilmoqda.

OFK Millatlar Ligasi jamoalar darajasiga mos raqobat muhitini yaratib, sport tamoyillariga asoslangan muvozanatni taminlashni maqsad qilgan. Shu bilan birga, turnir milliy terma jamoalar uchun aniq rivojlanish va bosqichma-bosqich o'sish yo'lini belgilab beradi.

OFK rahbariyati ushbu tashabbusni Osiyo futboli uchun muhim qadam sifatida baholab, loyiha terma jamoalar faoliyatiga barqarorlik olib kirishini ta'kidladi. Shuningdek, musobaqaga tijoriy hamkorlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgani qayd etildi.

Musobaqaning formati, amalga oshirish bosqichlari va aniq muddatlari OFK qo'mitalari muhokamalardan so'ng rasman e'lon qilinadi", - deyiladi xabarda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати