

Klubni moliyalashtirish anchagina tortilib qolgani bois "Lokomotiv" stadioni anchadan buyon futbol bahslarini qabul qila olmayapti.
"Lokomotiv" bu yilgi Superligadagi uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionini o'tkazishi kerak edi. Bunga O'FA ham rozi bo'lgandi, biroq qur'a tashlanganidan keyin FIFA Series musobaqasi uchun chimni asrashimiz kerak deb, "Lokomotiv"ga "Do'stlik" taklif qilindi.
Toshkent viloyatidagi stadion begona bo'lmagani uchun "temiryo'lchilar" mehmonlarni shu erda qabul qilishni boshlashdi.
Biroq 6-13 aprel kunlari CAFA U-17 musobaqasi bo'lib o'tishi munosabati bilan "Lokomotiv" endi "Do'stlik"ka ham sig'may qoldi.
"Temiryo'lchilar" 6-turda, 7 aprel kuni o'z uyida "Xorazm"ni qabul qilishlari lozim. Bu bahsni klub qaysi stadionda o'tkazishni o'ylab juda qiynaldi.
Terma jamoa Jahon chempionatiga munosib tayyorlanishi uchun PFL may oyidagi o'yinlarni bir amallab aprel va iyul oylariga ko'chirdi. Endi O'FA tomonidan "Lokomotiv"ga qilinayotgan munosabat chiroyli emas menimcha.
O'tgan yil yozda deyarli shunga o'xshash vaziyat haqida maqola yozgandim. O'shanda ham O'FA Superligaga xuddi o'gay o'g'il kabi munosabatda bo'lgan edi.
Ichkarida kim o'tiribdi? O'qituvchilar? Chiqar hammasini tashqariga!
Bilib qo'ying, Superliga o'gay emas, u ham o'zimizniki.



