

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Gilermo Ochoa payshanba kuni Italiyaga uchib keladi va “Salernitana” bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi. 37 yoshli kiper “Amerika” klubini 2019 yildan beri himoya qilib kelayotgandi va jamoani erkin agent sifatida tark etdi.
Ochoa yakunlangan mundialda 3 bahsda qatnashib, 3 ta gol o'tkazib yubordi. Avvalroq, u Yevropada “Ayachcho”, “Malaga”, “Granada” hamda “Standart” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.



