"Nyukasl" yetakchisining MYUga o'tishi barbod bo'lish arafasida

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026
Bruno Gimaraesning transferi bilan bog'liq noaniqlik havoda osilib qoldi.

Yangi ma'lumotlarga ko'ra, "Nyukasl" yozda asosiy futbolchilarini sotishga tayyorgarlik ko'rmagan. "TEAMtalk"ning ma'lum qilishicha, braziliyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ga o'tish uchun shaxsiy shartlarni kelishib olgani haqida hech qanday tasdiq yo'q.

Fabricio Romano shu hafta boshida Gimaraes vakillari va "Manchester Yunayted" rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tganini xabar qilgach, braziliyalik yarim himoyachi yozda "Old Trafford"ga o'tish uchun shaxsiy shartlarni kelishib olgani haqida xabarlar tarqalib ketdi.

1.jpg

Biroq yangilangan ma'lumotlarga tayanilsa, "hakkalar" yulduz futbolchisini sotishga shoshilmayapti va uni o'z tarkibida saqlab qolish niyatida.

28 yoshli xavbek ushbu mavsum 35 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk