

Bu ma'lumotni nufuzli insayder Fabricio Romano e'lon qildi. Manbaga ko'ra, Tripper "Nyukasl"ni erkin agent sifatida tark etadi - qaror qabul qilinib bo'lindi.
Qayd etilishicha, futbolchi butsalarini mixga ilishni rejalashtirmayapti va faoliyatidagi yangi chaqiruvni qabul qilishga tayyor. Tripper 2022 yildan beri "Nyukasl" sharafini himoya qilmoqda.
U joriy mavsum barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini ikki yarim million evroga baholamoqda.


