Nurillo To'xtasinov – "Dinamo" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025, 13:09
"Dinamo" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Samarqandning "Dinamo" klubi Superligadagi ishtiroki, O'zbekiston olimpiya jamoasi va Malayziyaning "Terengganu" klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanilgan Nurillo To'xtasinov bilan shartnoma imzoladi. 28 yoshli legioner kuni kecha 2,5 yillik faoliyatidan keyin Malayziya klubidagi xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi va erkin agent sifatida "Dinamo" bilan kelishuvga erishdi.

To'xtasinov "Terengganu"da jami 76 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати