

Xabaringiz bor, yaqinda Osiyo futbol konfederatsiyasi Nasaf futbol maktabiga ikki yulduzli maqomini bergan edi. Talim dargohining bu darajaga yetishida ko'pchilikning mehnati singan. Bu dargoh 2009 yilda tashkil topgan bo'lsa toki shu bugungacha maktab faoliyatiga yordam bergan va maktabning shu darajaga yetishiga o'z hissasini qo'shgan barchaga tashakkurimizni bildiramiz.
Shu o'rinda futbol maktabi poydevori qo'yilishi tashabbuskorlaridan biri bo'lgan Nuriddin Zaynievich Zaynievni alohida etirof etish joiz. Aynan u kishi, homiylar va viloyat tashkilotlari rahbarlarining say-harakatlari bilan Nasaf futbol maktabi shu darajaga erishdi.
Nasaf futbol klubi Nuriddin Zaynievich Zayniev xotirasini yod olish maqsadida xalqaro turnir tashkil qilmoqda. Turnirda to'rt jamoa ishtirok etadi. Bular: Nasaf, Mashal, Sho'rtan hamda qo'shini Tojikiston Respublikasining “Regar TadAZ” jamoalari ishtirok etishadi.
Musobaqa taqvimi:
23.02.2020
- 1: ½ final 11:30
- 2: ½ final 13:30
24.02.2020
3 o'rin uchun bahs 09:30
- Final 11:30
Barcha o'yinlar futbol maktabiga qarashli sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi.




