"Nottingem Forest" yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2025
"Nottingem Forest" jamoasi Shon Daychning yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini tasdiqladi.

Daych "Forest" bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va bu mavsumda "o'rmonchilar"ning Nunu Eshpiritu Santu va Ange Postekogludan keyingi uchinchi murabbiyiga aylandi.

Postekoglu "Forest"da bor-yo'g'i 39 kun ishladi va o'tgan shanba kuni Premer-ligada "Forest"ning "Chelsi"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishidan 17 daqiqa o'tib iste'foga chiqarildi.

Daych "Everton" uni qo'yib yuborgan yanvar oyidan beri klubsiz edi. Ilgari u "Byornli" va "Uotford"da ham faoliyat yuritgan.

Daych Premer-ligada 330 dan ortiq o'yin o'tkazgan. Uning "Forest"dagi debyuti payshanba kuni Yevropa Ligasi doirasida "Portu"ga qarshi kechishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk