

– Yig'in qanday o'tmoqda?
– Yig'inga kelib qo'shilib oldik. Bugun birinchi marta to'liq o'ynadim. Qiyin bo'ldi, jismoniy jihatdan tayyor bo'lish uchun shunday o'yinlar o'tkazishimiz kerak. Yaxshi o'yin guvohiga aylandi. Biz uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman. Rossiya jamoalari ko'pincha jismonan kuchli bo'ladi. Bu biz uchun yaxshi. Chunki Superligadagi raqiblarimiz ham shunday darajada.
– Yangi mavsumda porlashi kutilayotgan OKMK jamoasi asosan yoshlar bilan qatnashishi deyarli ma'lum bo'lib ulgurdi. Jamoa oldiga qandaydir aniq vazifalar, maqsadlar qo'yilyaptimi?
– Jamoaning maqsadi har doim bitta bo'lgan, yani eng yuqori maqsad qo'yilgan. Hech qachon, misol uchun, beshtalik yo o'ntalikda bo'lamiz degan o'y bo'lmagan. Bosh murabbiy har doim eng yuqori talabni qo'yadi.
– Jamoa yangi mavsumga tayyormi?
– Jamoa mana shu oxirgi yig'indan keyin tayyor bo'ladi. Shunda bellashuvlarda ishtirok etsak, tayyor bo'lamiz.
– Yangi futbolchilarning moslashishi qanday kechmoqda?
– Jamoaga yaqinda kelganlarni yangi deb ham bo'lmaydi. Chunki hammamiz oldin birga o'ynaganmiz, hammamiz bir-birimizni bilamiz. Ichki muhit a'lo darajada. Qiyinchilik bo'lmaydi deb o'ylayman.
– Muxlislarga tilaklaringiz...
– Muxlislaridan qo'llab-quvvatlashini so'rab qolamiz.



