Neymar “Counter-Strike” bo'yicha jahonning eng yaxshi o'yinchisini “so'yish”ga erishdi

Eldor Akmurzayev
22 dek 2020, 21:25
PSJ forvardi Neymar Braziliya va Fransiya jamoalari o'rtasida CS:GO bo'yicha tashkil etilgan shou o'yinda ishtirok etdi.

Ikkala jamoa tarkibida ham professional kibersportchilar bor edi – Braziliyada ArT, HEN1 va Yuurih, Fransiyada esa Shox, ApEX va jahonning eng yaxshi o'yinchisi ZywOo.

Bahs boshida Neymar ZywOo’ni pistolet yordamida engdi, 

2-xaritada esa braziliyalik “Counter-Strike” bo'yicha jahon eng yaxshi o'yinchisini “so'yish”ga ham erishdi.

Qayd etish joiz, ushbu to'qnashuvda Fransiya 2:0 hisobida g'alaba qozondi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua