

Portugaliyalik futbolchining tizzasida jarohat bor. Tekshiruvlardan so'ng ma'lum bo'ldiki, Netu joriy mavsum "Vulverxempton"da ortiq o'ynamaydi va Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi.
21 yoshli futbolchi "Vulvz" libosida joriy mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Netu Portugaliya terma jamoasida 2020 yilning noyabrida debyut qilgan va shu paytga qadar 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan edi.



