Nazorat uchrashuvi. “Lokomotiv U-21” - O'zbekiston U-20 - 0:2

Narzulla Saydullayev
23 fev 2022
Bugun, 23 fevral kuni O'zbekiston U-20 terma jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida “Lokomotiv U-21”ga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli va kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari ishonchli hisobda g'alaba qozondi. Gollarga Nodir Abdurazzoqov va Muhammadbobur Asadullaev mualliflik qildi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

“Lokomotiv U-21” O'zbekiston U-20 - 0:2
Gollar:
Nodir Abdurazzoqov, Muhammadbobur Asadullaev.








Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia