Nazorat uchrashuvi. "FarDU" Toshkentda "OshMU Aldaer"dan ustun keldi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2025, 13:30
Ayni kunlarda Pro-liga yangi mavsumiga Toshkent shahrida tayyorgarlik olib borayotgan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Sergey Lebedev shogirdlari bu gal sparring raqib sifatida "OshMU Aldaer" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Kurashlarga boy o'tgan o'yinda 2:0 hisobida "FarDU" vakillari ustun kelishdi.


Nazorat uchrashuvi.


"FarDU" - "OshMU Aldaer" 2:0

Gollar: Amirbek Fayziev, 85 (1:0), Riza Ayvazov, 90 (2:0)


"FarDU": Mirjalol Mamatxonov, Ahror O'ktamov, Shukurali Po'latov, Ismoiljon Oxunjonov, Doston Rashidov, Asabek Zrkirjonov, Samandar O'rinboev, Abror Inomov, Asilbek Umurzaqov, Ibodjon Abelfazov, Bahodir Abduvaliev.


Zaxira: Javohir Maqsudov, Abduxoliq Qurbonov, Amirbek Fayziev, Riza Ayvazov.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia