"Navbahor"dan FIFA taqiqi olib tashlandi

Administrator
26 mar 2025, 21:21
Klub qarzdorligi sabab taqiqqa uchragandi.

FIFA "Navbahor" klubiga qo'yilgan transfer taqiqini olib tashladi. Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida xabar qildi. Namangan klubi Siyavash Haqnazari oldidagi qarzini to'lagan, shundan so'ng FIFA taqiqni olib tashlagan.

Ma'lumot uchun, 16 mart kuni saytimiz orqali "Navbahor" klubiga taqiq qo'yilgani xabar qilingandi. Bunga Siyavash Haqnazaridan mavjud bo'lgan qarzdorlik sabab bo'lgan.


AdministratorMuallif
Manba: https://t.me/PenaltyNarzulla