"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi "Yaypan"ni boshqaradi
Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
Pro liganing "Yaypan" jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi.
Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, 2016 yil "Navbahor"ga ustozlik qilgan, so'nggi paytlarda "Navbahor farm"da faoliyat yuritgan 48 yoshli mutaxassis Rashid G'ofurov yangi mavsumda "Yaypan" jamoasiga boshchilik qiladi.