“Navbahor“ futbolchisi OKMKga o'tdi

Khoja
8 iyul 2025, 09:53
OKMK “Navbahor“ himoyachisi Shahzod Toirovni o'z safiga qo'shib oldi.

Bu haqida Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida xabar bermoqda.

23 yoshli futbolchi yilning boshida “Navbahor“ safiga kelib qo'shilgandi. U shu vaqt orasida jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Toirov “Navbahor“dan tashqari faoliyati davomida “Olimpik“ va “Surxon“ jamoalarida harakat qilgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia