"Nasaf" o'z maydonida Pro liga jamoasiga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
28 mar 2026
FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Qarshining "Nasaf" klubi Nukusning "Aral" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Qarshi shahridagi "Geolog" stadionida o'tkazilgan mazkur o'rtoqlik bahsida murosasiz kurash kechdi va unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuvda hisob birinchi bo'limdayoq ochildi, aniqrog'i, 32-daqiqada nukusliklar a'zosi Izzatulla Quttiboev o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq mezbonlar bunga tezda javob qaytarishga muvaffaq bo'lishdi va oradan bor-yo'g'i ikki daqiqa o'tib, 34-daqiqada "Nasaf" vakili Yusuf Otubanjo muvozanatni tiklab, hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdi.

O'yinning asosiy qismi durang bilan davom etayotgan bir vaqtda, bahs yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, yani 85-daqiqada "Aral" futbolchisi Seydabulla Nietullaev raqib darvozasini ishg'ol qilib, nukusliklarga g'alaba keltirgan muhim va hal qiluvchi gol muallifiga aylandi.

photo_2026-03-28_19-19-44.jpgphoto_2026-03-28_19-19-41.jpgphoto_2026-03-28_22-55-55.jpgphoto_2026-03-28_22-56-14.jpg


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia