"Nasaf" futbolchisi faoliyatini Toshkent jamoasida davom ettiradi

Khoja
25 dek 2025
"Nasaf" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev yangi mavsumni boshqa jamoada o'tkazadi.

Yarim himoyachi 2026 yilgi mavsumda Superligaga qaytgan "Lokomotiv" safida o'tkazadi. Bu haqida Tolibjon Qosimov xabar bermoqda.

27 yoshli yarim himoyachi yakuniga etgan mavsumda jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia