"Napoli" Marokash termasi futbolchisini qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023, 16:36
Italiya klubi Marokash terma jamoasi va "Anje" futbolchisi Azzedin Unai uchun kurashda g'olib bo'lmoqchi.

Unai Qatardagi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki va ko'rsatgan yaxshi o'yini tufayli Yevropaning bir qator klublari e'tiborini o'ziga jalb qildi. Ular orasida Neapol klubi ustunlikka ega bo'lish uchun kurashmoqda. Premer-liga va qitaning boshqa klublari bilan raqobat sharoitida "Napoli" o'yinchi uchun 15 mln evro taklif bilan chiqdi. "Anje" Unai uchun 20 mlndan 25 mlngacha talab qilishi aytilmoqda.

Azzedin Unai joriy mavsum Liga 1da 14 ta o'yinda ishtirok etdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Italia