Nainggolan erkin agent maqomida "Kalyari"ga o'tadi

Alisher
30 iyul 2021
"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolan tez orada "Kalyari"ga o'tadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 33 yoshli belgiyalik futbolchi "Kalyari"ga erkin agent maqomida o'tishni kelishish uchun Sardiniyaga tashrif buyurdi.

"Kalyari" unga bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.

O'yinchi o'tgan mavsumni aynan shu jamoada o'tkazdi va 22ta o'yinda 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira