MYUni boshqarish uchun asosiy davogar ma'lum

Khoja
7 yanv 2026
Devid Ornshteynning so'zlariga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher "Qizil iblislar"ning yangi murabbiylik lavozimiga birinchi raqamli nomzod bo'lib turibdi.

Manbaga ko'ra, klub Sulsheri vaqtinchalik murabbiy sifatida ko'rib chiqmoqda. Xabarlarga ko'ra, kecha "Manchester Yunayted" rahbariyati va norvegiyalik murabbiy o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan.

Eslatib o'tamiz, Ule-Gunnar Sulsher "Qizil iblislar"ni 2018 yildan 2021 yilgacha boshqargan. 5 yanvar kuni "Manchester Yunayted" Ruben Amorimni murabbiylik lavozimidan ozod qilganini e'lon qildi. Portugaliyalik murabbiy "Mankunianliklar"da 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha ishladi.


KhojaMuallif
Manba: the atletic