APL. Sulsher yubiley o'yinini o'tkazmoqda

"Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan Ule Gunnar Sulsher murabbiy sifatida Angliya chempionatidagi 100-o'yinini o'tkazmoqda.

Norvegiyalik mutaxassis "Kardiff Siti" boshqaruvida 18, MYU ustozi sifatida 82 uchrashuvda ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. Sulsher yubiley o'yinini Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Everton"ga qarshi o'tkazyapti.

Ma'lumot uchun, 47 yoshli mutaxassis ushbu natijaga erishgan tarixdagi 70-murabbiyga aylandi. Shuningdek, u 100-uchrashuvini "Everton"ga qarshi o'tkazgan 4-mutaxassis hisoblanadi.


Manba: