MYU yozdagi asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi

Khoja
22 apr 2025
Manchester Yunayted Ipsvich hujumchisi Liam Delapni sotib olmoqchi.

The Athletic qizil iblislar yozda 22 yoshli ingliz futbolchisini sotib olishni maqsad qilgan. MYU hujumchi uchun 46 million funt to'lashga tayyor. Ushbu transfer qizil iblislarning yozdagi asosiy maqsadi bo'lib turibdi. Shuningdek, hujumchiga APLning boshqa jamoasi Chelsi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Liam bu mavsum Ipsvich safida APLda 32 o'yinda 12 ta gol urdi va 2 assist qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: The Athletic