MYU yanvar oyidayoq Bellingemni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher Ostonov
26 okt 2025
"Manchester Yunayted" yanvar oyida yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun Job Bellingem real variant sifatida qaralmoqda.

So'rov shaxsan Ruben Amorimdan kelib tushdi.

Jobning Bundesligadagi faoliyati juda qiyin kechmoqda: ikkita o'yinni asosiy tarkibda boshladi va asosiy tarkib o'yinchisi maqomini yo'qotdi. Shu bilan birga, yarim himoyachining otasi Mark va "Borussiya" sport direktori Sebastyan Kel o'rtasidagi ziddiyat ham kuchayib bormoqda.

Avvalroq matbuotda Kazemiro o'rniga MYUning oltita ehtimoliy nishoni ro'yxati paydo bo'lgan, ammo unda Job yo'q edi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: express.co.uk