

42 yoshli shvedning so'nggi ish joyi Norvegiyaning "Lillestryom" jamoasi bo'lgan. Georgson bu klubda 2024 yilning yanvaridan beri bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Georgson MYUda standart vaziyatlarga javob beradi. Mankunianlar mutaxassis uchun "Lillestryom"ga 280 ming funt to'lagan.
Oldinroq Georgson "Sautgempton", "Arsenal" va "Brentford"da murabbiylar shtabiga kirgan, 2022 yilda esa "Malmyo" bosh murabbiyi vazifasini bajargan.



