

"Foot Mercato" xabariga ko'ra, ingliz klubi 25 yoshli himoyachining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikki hafta oldin "Yunayted" rahbariyatidagilar futbolchining vakillari bilan uchrashgan.
Klubdagilar futbolchini kamida 50 mln evroga sotmoqchi. Ushbu mavsumda himoyachi chempionatning 28 o'yinida qatnashib, 2 gol va 3 assist qayd etdi.



