

Kreyg Xoupning so'zlariga ko'ra, "qizil iblislar" italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali uchun "Nyukasl"ga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.
Muzokaralar joriy mavsum tugaganidan so'ng darhol boshlanishi kutilmoqda, chunki "Yunayted" direktorlar kengashi 25 yoshli italiyalikni Kazemiroga ideal o'rinbosar deb biladi, braziliyalikning kyetishi muqarrar.

Xabarlarga qaraganda, futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirishga rozi, ayniqsa, "Nyukasl" keyingi mavsumda Chempionlar Ligasini o'tkazib yuborish xavfi hisobga olinsa.
Italiyalik yarim himoyachi ushbu mavsum "hakkalar" libosida 47 o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



