MYU himoyachisi "Napoli"ga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou faoliyatini Italiyada davom ettirish ehtimoli mavjud.

Xabarlarga ko'ra, ingliz futbolchisiga "Napoli" qiziqmoqda. Neapolitan klubi bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o'zi futbolchini jamoasida ko'rmoqchi.

Shou ushbu mavsum "Manchester Yunayted"da bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 20 mln evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/deadlinedaylive