MYU hammuassislari derbidan oldin Manchesterga uchib keldi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2026
INEOS va ser Jim Retkliff "Manchester Yunayted"ning sport yo'nalishidagi boshqaruvini o'z qo'liga olganiga qaramay, klubning asosiy ulushi hali ham Joel va Avram Gleyzerlarga tegishli.

Odatda omma oldida ko'p ko'rinmaydigan klub hammuassislari Maykl Kerrikning debyuti arafasida Manchesterga kelishga qaror qildi.

"TalkSPORT" xabariga ko'ra, 2005 yilda "Manchester Yunayted"ni sotib olgan Malkom Gleyzerning o'g'illari "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan shaharga yetib kelgan. Aytilishicha, ularning tashrifi Retkliff va uning jamoasi duch kelayotgan tashkiliy muammolar bilan bog'liq.

Ular maxsus uchrashuvda ishtirok etishlari kerak. Unda yangi bosh murabbiy bilan suhbat o'tkaziladi, shuningdek, Retkliff va uning jamoasi bilan birgalikda klubning kelajak uchun strategiyasi belgilab olinadi. Bu holat joriy mavsum "qizil iblislar" taqdiriga qanday ta’sir ko'rsatishi hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Manchester derbisi ertaga 17:30 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT