Muhim o'yinlar oldidan "Liverpul"da juda jiddiy yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
2 okt 2025, 23:25
"Liverpul" posboni Alisson jarohat oldi.

Braziliyalik darvozabon tizzaosti boldir sohasining jarohati sababli 6 haftaga safdan chiqdi. U noyabr oyidagi termalar o'yinlaridan keyin safga qaytishi kutilmoqda.

"Liverpul" ushbu muddat mobaynida "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Real" va "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal