Moyze Kin o'zini o'zi "sotib" qo'ydi

Mirjalol Normatov
26 apr 2020
"Everton" hujumchisi Moyze Kin karantin qoidalarini buzdi.

20 yoshli futbolchi internetga o'z uyida do'stlari va raqqosa qizlarni taklif qilgani va ular bilan dam olayotgani videosini joyladi. Oradan ko'p o'tmay, u videoni o'chirib tashlagan.

"Everton" rahbariyati futbolchining bu qilig'ini jazosiz qoldirmasligi aniq. Futbolchini jarimalar kutmoqda.

Kin ushbu mavsumda "Everton" tarkibida 26 o'yinda 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal