"Mixed zone". Muhammadqodir Hamraliev: "Mali bilan o'yinda Olimpiada darajasini his qildik"

Iskandarov Abdulaziz
8 iyun 2024, 09:28
O'zbekiston OTJ kecha o'rtoqlik uchrashuvida Mali olimpiyachilari bilan kuch sinashdi.

 Durang bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng "oq bo'rilar" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Mali haqiqatdan ham yaxshi jamoa ekan. Ko'rdingiz, raqib o'zini ham, bizni ham ayamayapti. Qaysidir manoda Olimpiadadagi darajani bilintirdi. Ular bekorga Parijdagi musobaqaga yo'llanma olmaganini ko'rsatdi. Umuman olganda, munosib kurash kechdi, Olimpiadada qanday bo'lishini oz bo'lsada his qildik. U yerda bizni shunday qiyin o'yinlar kutyapti. Biz bunday darajadagi raqiblarga tayyor bo'lishimiz kerak. Mali kabi terma jamoalar buning uchun ayni muddao. 

Tarkibimizda yangi futbolchilar ham bor edi. Murabbiy bu orqali barchaga imkoniyat bermoqda. Osiyo kubogida ham shunday holat kuzatilgandi. Bu yaxshi deb o'ylayman",- deydi Hamraliev.




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia