

Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoaning serbiyalik legioneri Dmitrie Pobulich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar zerikib qolishmagani aniq. Chunki ikki jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda gol urib olganimizga qaramay ancha qiynaldik. Vaziyatlarni golga aylantirishimizga raqib posboni ham to'sqinlik qilganini aytish joiz.
Qizil kartochkadan so'ng biroz muammolar yuzaga keldi. Ammo muhimi uch ochko "cho'ntagimizda",- deydi Pobulich.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



