Misr yetakchilaridan biri O'zbekistonga qarshi o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2025, 12:04
Bu haqda jurnalist Ismoil Mahmud xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Abduqodir Husanovning klubdoshi, Misr yetakchilaridan biri Omar Marmush Al Ain Cup turniri doirasidagi O'zbekiston bilan uchrashuvda qatnashmaydi. U kuni kecha unashtirilgani bois terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.

O'zbekistonning Misr bilan bahsi bugun 21:00 da boshlanadi. 

Eslatib o'tamiz, kecha Eron Al Ain Cup musobaqasida Kabo-Verdeni mag'lub etib, finalga chiqqan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/ismaeelmahmoudd