"Milan" xavbeki yanvarda klubni tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 10:25
Gap Luka Romeroning ijarasi haqida ketmoqda.

"Milan"ning argentinalik yarim himoyachisi Luka Romero qishki transfer oynasida Italiya klubini tark etishi mumkin, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Gap 18 yoshli Romeroning ehtimoliy ijarasi haqida bormoqda, u yozda Rimning "Lacio"sidagi ikki mavsumidan so'ng "Milan"ga bepul o'tgan edi. Argentinalik yosh futbolchiga A Seriyaning uchta klubidan qiziqish borligi haqida xabarlar bor.

Luka Romero joriy mavsum "rossoneri" safida 4 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira