"Milan" xavbeki La Liga autsayderi safiga o'tadi

Alisher
12 okt 2021, 13:02
"Milan" xavbeki Samu Kastilexo yozda klubini o'zgartiradi.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi "Xetafe" bilan transfer borasida kelishuvga erishdi. Bitim tafsilotlari hali noma'lum.

Kastilexo joriy mavsum A Seriya doirasidgai bitta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Milan"ga qadar "Vilyarreal" va "Malaga" jamoalari sharafini himoya qilgan.

"Xetafe" Ispaniya chempionatida 8 turdan so'ng atigi 1 ochko to'plagan holda, jadvalning eng quyi o'rnida joylashgan.


AlisherMuallif
Manba: AS