"Milan" tez orada "Chelsi" futbolchisi xarid qilinganini e'lon qiladi

Alisher
14 iyun 2021, 08:24
"Chelsi" himoyachisi Fikayo Tomori "Milan" bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, milanliklar yaqin vaqtlarda 23 yoshli angliyalik futbolchining transferini e'lon qilishadi.

Tomori 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Milan" tarkibida o'tkazdi.

Fikayo A Seriya doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Transfermarkt o'yinchini 28 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira