"Milan" 21 yoshli futbolchini 5,5 mln evroga sotib oldi

Mirjalol Normatov
22 avg 2023
"Milan" Marko Pellegrinoning transferini e'lon qildi.

Himoyachi Italiya klubi bilan 2028 yilga qadar shartnoma imzoladi. 21 yoshli futbolchi "Milan"da 31-raqamda o'ynaydi.

Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, transfer uchun "rossoneri" "Platense"ga 3,5 mln evro to'lagan. Shuningdek, 2 mln evro bonuslar tarzida vada qilingan. Shuningdek, futbolchining navbatdagi transferini 10 foizi Argentina klubiga o'tkazib beriladi.

2023 yilda futbolchi "Platense" tarkibida 17 o'yinda harakat qilib, 1 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: acmilan.com