Messining o'g'li Suaresning farzandini dog'da qoldirdi

Оқил Абдубарноев
21 may 2024
MLS doirasidagi "Inter Mayami" - "DS Yunayted" (1:0) uchrashuvidan keyingi voqealar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning diqqatini tortdi.

Mazkur bellashuvdan so'ng aka-uka Messi va Benjamin Suares bir muddat maydonda to'p tepishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Leoning ikkinchi o'g'li, 8 yoshli Mateo Messi o'zidan ikki yosh katta bo'lgan Benjaminni (Luis Suares farzandi) o'z otasi kabi aldab o'tganini guvoh bo'lishimiz mumkin.


Eslatib o'tamiz, Messi va Suares futbol va undan tashqarida o'zaro do'st hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca