Messi va Suaresning gollari Inter Mayamini chorak finalga olib chiqdi

Khoja
14 mar 2024
Inter Mayami KONKAKAF chempionlar ligasining nimchorak finalida Neshvillga qarshi uchrashuvning ikkinchi uchrashuvida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

3:1 hisobida yakunlangan bahsda Messi va Suares bittadan gol va golli uzatma amalga oshirdi.

KONKAKAF chempionlar ligasi

Nimchorak final, ikkinchi uchrashuv

Inter Mayami – Neshvill – 3:1 (2:0)

Gol: 1:0 – Suares (Messi, 8). 2:0 – Messi (Gomes, 23). 3:0 – Teylor (Suares, 64). 3:1 – Sarridj (93).

Ma'lumot uchun, ushbu turnir g'olibi 2025 yilda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi JCH yo'llanmasini qo'lga kiritadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com