Messi Argentina bilan Ekvadorga qarshi o'yinga bormaydi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2025
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ekvadorga qarshi Jahon chempionati saralashining so'nggi o'yiniga bormasligi aniq bo'ldi.

"Messi Ekvadorga bormaydi. U almashtirilishi kerak edi, lekin men buni o'yindagi hissiyotlar tufayli (Venesuelaga qarshi o'yin nazarda tutilmoqda – tahr.). Biz u 90 daqiqa harakat qilishiga oldindan kelishib olgandik. U Ekvadorga bormaydi. U oilasi bilan munosib vaqt o'tkazadi", – dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni.

Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, Venesuelaga qarshi o'yin Messining Argentina terma jamoasi libosidagi so'nggi uy uchrashuvi bo'lishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ