Merinoning kelajagi yaqin orada hal bo'ladi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2024
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merino kelajagi haqida bir necha kun ichida qaror qabul qiladi.

Futbolchining yana bir yil San-Sebastyanda qolish ehtimoli kam. "Atletiko" va Londonning "Arsenal" klublari futbolchining atrofidagilar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Merinoning amaldagi shartnomasi tugashiga 1 yil qoldi. "Real Sosedad" uning uchun 20-25 million evro talab qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo