"Menga farqi yo'q": Rafinya FIFA qaroriga xotirjam munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025
"Barselona" vingeri Rafinya 2025 yil yakunlariga ko'ra FIFA ramziy terma jamoasiga kiritilmagani haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi bu qarorga his-hayajonsiz munosabatda bo'lib, bunday reytinglar uni umuman qiziqtirmasligini aytdi.  

O'tgan mavsum Rafinya uchun faoliyatidagi eng yaxshilaridan biri bo'ldi: u kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 57 o'yin o'tkazib, 34 ta gol urdi va 26 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ayniqsa, Chempionlar Ligasida yorqin o'yin namoyish etdi - 13 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to'purari bo'ldi va 8 ta assist bilan yetakchilik qildi.

Jamoaviy yutuqlar ham ta’sirli chiqdi: "Barselona" bilan birga Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubokni qo'lga kiritib, jamoa hujumida asosiy figuraga aylandi.

U joriy mavsum ham "gol+pas" tizimi bo'yicha samarali o'ynashda davom etmoqda: barcha musobaqalardagi 14 ta uchrashuvda 7 ta gol va 3 ta assist qayd etib, Kataloniya grandi yetakchilaridan biri ekanini tasdiqlamoqda.

Avvalroq Xansi Flik buni "sharmandalik" deb atagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: EL Desmarque