"Memo" yana bir mavsum "Salernitana"da qoladi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023
"Salernitana" darvozaboni Gilermo Ochoa jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi, deya xabar berdi jurnalist Janluka Di Marcio.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli meksikalik yana bir mavsum jamoada qoladi.

Ochoa "Salernitana"da 2023 yil yanvar oyidan buyon harakat qilmoqda. Darvozabon o'tgan mavsum "Salernitana" tarkibida 20 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 33 ta to'p olib chiqqan va 4 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com