Mbemo "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" o'rtasida tanlov qildi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2025
Brayan Mbemo "Manchester Yunayted"da o'ynashni istaydi.

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, uning "Brentford"dagi sobiq ustozi Tomas Frank "Tottenxem" boshqaruvini qo'liga olgan bo'lsa-da, u baribir mankunianliklarda o'ynashni istayapti.

Shu boisdan MYU futbolchi uchun yana bir taklif jo'natishga tayyorlanmoqda. "Brentford" oldinroq futbolchisini 55 mln evroga sotishni istamagan va eng kamida 60 mln funtlik taklif kutishini ma'lum qilgan.

Mbemo o'tgan mavsumda 20 ta gol urib, APL to'purarlari ro'yxatidan o'rin olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports