Maykl Ouen APLning eng yaxshi jamoasi nomini aytdi

Mirjalol Normatov
13 mar 2026
Sobiq futbolchi Maykl Ouen "Liverpul"ni APLning eng yaxshi jamoasi deb atadi.

"Men uchun "Liverpul" - APLning eng yaxshi jamoasi. Odamlar menga qarab, ular nechanchi o'rinda, deb kulib so'rashadi. Oltinchi o'rinda ular.

Ular o'tgan mavsumda ligani o'zlariniki qilib olishdi. Jamoa shunchaki yaxshi o'ynamayapti. Ular istalgan raqibga maksimal o'yin darajasini taklif qilmoqda. Jamoa yaxshi o'ynab tursa, "Enfild"da o'ynash istalgan raqib uchun qiyin bo'ladi.

Lekin bir mavsum davomida liganing eng zo'ri bo'la turib, Isak, Ekitike, Virtc bilan yomon bo'lib kyetish mumkinligini tushunmayapman.

"Arsenal" chempionatni yutadi deb o'ylayman. Lekin ular "Liverpul"ning o'tgan mavsumdagi darajasiga umuman yaqin emas", - dedi mersisaydliklar sobiq futbolchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC