Mauricio Sarri yuragidan operaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026
"Lacio" bosh murabbiyi yurak operaciyasini boshidan kechirdi.

66 yoshli mutaxassisda yurak urishi ritmini buzuvchi yurak bo'lmachalari fibrillyaciyasi aniqlangani sababli italiyalik murabbiyga jarrohlik amaliyoti zarur bo'ldi.

Murabbiy yaqin bir necha kun ichida o'z xizmat vazifasiga qaytishi kutilmoqda.

Sarri 2025 yil iyun oyida (ikkinchi marta) "Lacio"ni boshqaruvini qo'lga olgandi. Undan avval u "Empoli", "Napoli", "Chelsi" (2018/19 yilgi mavsumda Yevropa Ligasi g'olibi) va "Yuventus" jamoalarini mashq qildirgan. U "Yuventus" bilan 2019/20 yilgi mavsum Italiya chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan.

Ayni paytda "Lacio" A Seriyada 24 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Burgutlar" navbatdagi turda 4 yanvar kuni amaldagi Italiya chempioni "Napoli"ni o'z maydonida qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC