Maunt: "MYU evrokuboklarga qaytishi kerak"

Mirjalol Normatov
26 iyul 2025
Meyson Mauntning fikriga ko'ra, "Manchester Yunayted" evrokuboklarda o'ynashi kerak.

Ruben Amorim shogirdlari o'tgan mavsumni 15-o'rinda yakunladi va evrokuboklarga yo'llanma olmadi.

"Shak-shubhasiz. Biz evrokuboklarga qaytishimiz kerak. Bu klub uchun juda-juda muhim. Barchamizning e'tiborimiz shunga qaratilgan.

APLda o'ynash juda qiyinligini ko'rib turibmiz. Barcha jamoalar rivojlanmoqda va yaxshi futbol namoyish qilmoqda.

Ilk kundanoq biz standartlarga katta e'tibor bera boshladik. Maydonda va uning tashqarisida ham jamoani, natijalarni yaxshilashni o'ylayapmiz.

Ruben Amorim barcha detallarga jiddiy e'tibor bermoqda. Yaxshilanishi kerak bo'lgan ko'plab jihatlar bo'yicha ishladik, endi mavsum startiga oz vaqt qoldi.

Biz uchun bu mavsum boshqacha boshlanishi kerak. Mavsumni tayyormiz", - dedi Maunt. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN