

“Uning maydonda ko'rsatayotgan xatti-harakatlari ajoyib taassurot qoldirmoqda. Mbappe joriy yoki keyingi yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun zarur bo'lgan barcha narsaga ega. U, ehtimol, Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning vorisi bo'lishi mumkin", - dedi Matyuidi.
Eslatib o'tamiz, “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema 2022-yilgi mavsum “Oltin to'p”ini qo'lga kiritish uchun favorit sanaladi.
Kilian Mbappe yozda PSJni tark etishi mumkin edi, biroq u francuz grandi bilan yangi shartnoma imzolashni istadi.



