"Marsel" muxlislari "Lion" avtobusiga hujum qilishdi

Mirjalol Normatov
11 noya 2019, 19:30
"Lion" klubining avtobusiga "Marsel" klubi fanatlari tomonidan zarar etkazildi.

"Get French Football News" xabariga ko'ra, provansalliklar muxlislari o'zaro o'yindan keyin mehmon klub avtobusiga hujum qilishgan. Yakunda avtobusning bir necha oynalari singan. Ammo futbolchilar va murabbiylarga zarar etmagan.

Uchrashuv "Marsel"ning 2:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Get French Football News